Farg‘onada IIO xodimiga pora taklif qilgan ayol qo‘lga olindi
Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida Ichki ishlar organi xodimiga 3000 AQSh dollari pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Namangan shahrilik 1989-yil tug‘ilgan ayol Beshariq tumaniga qarashli tergov bo‘limi surishtiruvchilariga murojaat qilib, jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ayb e’lon qilinib, qamoqqa olingan tanishini qamoq ehtiyot chorasini bekor qilishi va ayblovni olib tashlashi uchun 3000 AQSh dollari miqdorida pora taklif qilgan.
Xodimlar pora berish jinoyat ekanini bir necha bor tushuntirishiga qaramay ayol pora taklif qilishda davom etgani aytilmoqda.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro xodimga 2100 AQSh dollarini pora tariqasida bergan vaqtda ushlanib, pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining 211-moddasi, birinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter