O‘zbekistonga olib kiriladigan ayrim turdagi texnik vositalar uchun imtiyozlar berilyapti
Senatning 59-yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining Soliq hamda Bojxona kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun ko‘rib chiqildi.
«Elakdek ilma-teshik» – paqildoqbozlik bojxonachilarga nisbatan e’tirozlarga sabab bo‘ldi
Bu yil ham 31-dekabr – Yangi yil oqshomida O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab ommaviy mushakbozlik va paqildoqbozlik kuzatildi.
Yangi yil bayramida hayvon va qushlar nega stress holatiga tushishi aniqlandi
Hayvonlar va qushlar baland tovushlardan juda qo‘rqishadi, chunki ularning evolyusion tarixida xavfli vaziyatlardan qochish instinkti shakllandi. Yangi yil arafasida qattiq shovqinli tovushlarning ko‘payishi esa hayvonlarning sog‘lig‘iga jiddiy ta’sir qilishi mumkin. Chunki ular qayerga qochadi yoki yashirinadi?
Turp ostidan salyut chiqdi (foto)
Poytaxtga turp olib kelayotgan avtomashina yukxonasiga pirotexnika vositalari yashirilgani fosh bo‘ldi.
Mavsum boshlandi: farg‘onalikning xonadonida 400 mln so‘mlik «paqildoq» topildi
Farg‘ona viloyati DXX va Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda xonadonida pirotexnika vositalarini texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmagan holda saqlab kelayotgan xonadon aniqlandi.
«Paqildoq»lar sabab butunlay ko‘r bo‘lib qolish mumkin»: mutaxassis jiddiy ogohlantirdi
Yangi yil arafasida avj olayotgan «paqildoq»lar mavsumi afsuski insonlarga ko‘p noxushliklar keltiradi.
Toshkentda 25,5 mln so‘mlik pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxs ushlandi
Toshkent shahri Olmozor tumanida 25,5 mln so‘mlik pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxs ushlandi.
Buxoroda 1 mlrd so‘mlik pirotexnika vositalarini olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi
Buxoroda fuqaro yuk mashinasiga 19 turdagi 7016 dona salyutlarni yuklab, ularn $83 mingga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ushlangan.
«Mavsum» boshlandi: ketmon dastalari ortiga yashirilgan pirotexnika vositalari (foto)
Salkam 700 mln so‘mlik kontrabanda ushlandi.
Musulmonni qo‘rqitish halol emas! (infografika)
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan ushbu nomdagi zamonaviy metodlarni o‘z ichiga olgan infografika tayyorlandi.
pirotexnika buyumlari bo‘yicha yangi qaror chiqdi
Pirotexnika buyumlari noqonuniy muomalasi bilan shug‘ullanganlarni aniqlash va javobgarlikka tortish bo‘yicha kompleks choralar ko‘riladi.
Milliy gvardiya maktab o‘quvchilari sumkasini nega tekshirdi?
Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videotasvirga izoh berildi.
pirotexnika sabab oltita xonadonda yong‘in yuzaga keldi – IIV
O‘zbekistonda Yangi yil mavsumi vaqtida pirotexnika vositalaridan foydalanish oqibatida 120 dan ortiq odam jarohat olgan, oltita xonadonda yong‘in yuzaga kelgan.
Uyida kuchli portlovchi pirotexnika yasayotgan shaxs ushlandi
Shu kecha kunduzda IIBB xodimlari Toshkent viloyati hududida pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi shahar-tumanlar kesimida nazorat-reyd tadbirlari o‘tkazishmoqda.
Oltinko‘lda pirotexnika savdosining oldi olindi
Avtomashina ko‘zdan kechirilganida uning yukxonasidan 1680 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlangan.
Malibuda pirotexnika bilan shug‘ullanayotgan uddaburon qo‘lga tushdi
Namanganda «Malibu-2» avtomobili yukxonasida pirotexnika vositasi borligi aniqlandi.
Milliy gvardiya bozordagi to‘polon bo‘yicha izoh berdi
Fuqarolardan biri atrofdagilar diqqatini o‘ziga jalb qilgan holda xizmat majburiyatini bajarayotgan harbiy xizmatchilardan biriga qo‘l ko‘targan.
Sigaret bilan petarda yoqqan erkak halok bo‘ldi
Klinda yashovchi 33 yoshli erkak 28 dekabr oqshomida do‘stlari bilan birga ichkilikbozlik qilish chog‘ida feyerverk va petardalarni yoqqan. U og‘zidagi sigaret uchidagi cho‘g‘ bilan uchinchi petardani yoqqan vaqtida atrof qattiq gumburlagan va erkak yerga qulagan
20 400 dona pirotexnika vositalari «paqillash»dan to‘xtatib qolindi
Jizzax shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro O.S. boshqaruvidagi «Matiz» rusumli transport vositasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi. Natijada avtoulovning orqa o‘rindig‘ida hech kanday hujjatlari bo‘lmagan jami 20 400 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.
359,7 mln. so‘mlik pirotexnika vositalari qo‘lga olindi – Bosh prokuratura
Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan pirotexnika buyumlarining noqonuniy muomalasiga qarshi tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Farg‘onada katta miqdorda pirotexnika hamda psixotrop moddalar aniqlandi
Tadbir jarayonida Q.P.ning onasiga tegishli, tarkibida psixotrop moddalar bo‘lgan 7680 dona «Tramadol Lannaxer» dori vositalari ham mavjudligi aniqlanib, ular ashyoviy dalil sifatida olingan.
Yangiyo‘llik 14 yoshli bola qo‘lbola pirotexnika portlashidan halok bo‘ldi
«Xabar.uz» muxbirining aniqlashicha, 14 yoshli S.M. kasalxonada vafot etgan. Portlash shu darajada kuchli bo‘lganki, bolaning qo‘l-oyoqlari sochilib ketgan. U oilasida birgina o‘g‘il farzand edi. Onasi bolani tog‘asiga qoldirib, Turkiyaga ishlashga ketgan bo‘lgan.
Yangi yil kasalxonadan boshlandi
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida 1-yanvar kuni Fayziobod mahallasida yashovchi A.Yu.ning uyi hovlisida jiyanlari 14 yoshli S.M. 19 yoshli Sh.B.lar qo‘lbola usulda pirotexnik vositasini tayyorlayotganlarida chaqnash sodir bo‘lgan.
Bolalarimizni asraylik! (video)
Bunda huquq-tartibot idoralari xodimlari qatorida har bir ota-ona, mahalla-ko‘y, ta’lim muassasalari mutasaddilari birdek mas’uldir.
Jazosi og‘ir. pirotexnika savdosi bilan shug‘ullanmang!
Yangi yil yaqinlashgani sayin odamlarda pirotexnika vositalarga bo‘lgan qiziqish kuchayadi. Bu esa, garchi taqiqlangan bo‘lsa-da, pirotexnika vositalarining savdosi avj olishiga olib keladi.
Salkam 1 tonna pirotexnika bojxonada to‘xtatib qolindi (foto)
Bojxonachilar 822 kg. pirotexnika vositalarining yashirincha olib kirilishiga chek qo‘yishdi.
O‘zbekistonga yirik miqdordagi pirotexnika vositalarining yashirin olib kirilishi fosh qilindi
Yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida qayd etilmagan ushbu tovarlarning umumiy qiymati 38 mln. 640 ming so‘mni tashkil qildi.
pirotexnika buyumlarining noqonuniy muomalasiga qarshi choralar kuchaytiriladi
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasiga doir 185-1-moddasiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.