Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turp ostidan salyut chiqdi (foto)

Turp ostidan salyut chiqdi (foto)

Poytaxtga turp olib kelayotgan avtomashina yukxonasiga pirotexnika vositalari yashirilgani fosh bo‘ldi.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda salkam 460 ming dona salyut va petardalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Avvaldan kuzatuvga olingan shaxs boshqaruvida Farg‘ona vodiysidan poytaxt hududiga kirib kelgan «Isuzu» rusumli yuk avtotransport vositasi to‘xtatilib tekshirilganda, avtomashina yukxonasidagi turp solingan qoplar ortiga yashirilgan qutilar bojxona xodimlarining diqqatini tortdi.

Ushbu qutilar xolislar ishtirokida ochib ko‘rilganida, ularning ichida 279 dona salyut va 459 ming dona petarda borligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur pirotexnika vositalarining umumiy qiymati 327 mln so‘mdan oshmoqda.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring