Sigaret bilan petarda yoqqan erkak halok bo‘ldi
«Moskva» agentligiga asoslanib Azon.uz tomonidan tarqatilgan xabarga ko‘ra, Moskva oblastidagi Klin shahrida yashovchi erkak petarda portlashi oqibatida halok bo‘ldi.
Klinda yashovchi 33 yoshli erkak 28 dekabr oqshomida do‘stlari bilan birga ichkilikbozlik qilish chog‘ida feyerverk va petardalarni yoqqan. U og‘zidagi sigaret uchidagi cho‘g‘ bilan uchinchi petardani yoqqan vaqtida atrof qattiq gumburlagan va erkak yerga qulagan, deyiladi tergov ma’lumotlarida. Hodisa guvohi bo‘lganlar qurbonning yuzi va boshida kuyish belgilari qolganini bildirgan. Voqea joyiga tez tibbiy yordam chaqirilgan.
Shifokorlar yetib kelganida erkak allaqachon vafot etgandi. Qurbonning qarindoshlari uning internet-do‘kon orqali bir yil avval petarda xarid qilganini aytgan.
Halol topgan pullarini shunaqa arzimas, zararli narsalarga sarflayotgan yurtdoshlarimizga ham bu ibrat bo‘lar, degan umiddamiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter