Mirzo Ulug‘bek tumaniga yangi hokim tasdiqlandi
Bahodir Gaibnazarov 1970-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1997-yilda Toshkent davlat agrar universitetini iqtisodchi-tashkilotchi, 2005-yilda O‘zbekiston Milliy universitetini huquqshunos mutaxassisliklari bilan tamomlagan.
Prezident poytaxtdagi mahallalarning biridagi qishga tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi
Shavkat Mirziyoyev aholi bilan uchrashuvda energiyani tejash, xonadonlardagi issiqlikni asrash, har bir insonda bunga daxldorlikni shakllantirish zarurligini ta’kidlagan.
Toshkentning ikki tumanida gaz o‘chiriladi
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida Toshkentda rekonstruksiya, sozlash va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Hamid Olimjon maydonidagi ko‘p qavatli uylarning ta’mirlanishi e’tirozlarni keltirib chiqardi
Ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulug‘bek tumani Hamid Olimjon maydonidagi ko‘p qavatli uylar fasad qismiyning ta’mirlanishi bilan bog‘liq xabarlar tarqaldi.
«Ay-Ti»chilar safi kengayadi (foto)
Yaqinda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi faoliyat boshladi.
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ayanchli YTHda mototsiklchi halok bo‘ldi
14-aprel kuni poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida Nurlan M. boshqaruvidagi «Neksiya» avtomobili va Arsen A. mototsikli o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Toshkentdagi uchta tuman maktablari 14 kunga yopildi
Ushbu tumanlardagi maktablarda o‘qish onlayn tashkil etiladi.
Mirzo Ulug‘bek tumanining bir qismida issiqlik ta’minoti o‘chirildi
Mirzo Ulug‘bek tumani TTZ-2 mavzesidagi qozonxonada avariya holati yuzaga kelganligi sababli, quyida keltirilgan manzillarda vaqtincha issiqlik ta’minoti uziladi.
Toshkentdagi «Ulug‘bek» mahallasida kasallik ko‘paydi. Unga kirish-chiqish yo‘llari yopildi
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani «Ulug‘bek» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida koronavirus pandemiyasi bilan kasallangan hamda ular bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar soni keskin oshib borayotganligi sababli mazkur mahalla hududida karantin qoidalariga amal qilish kuchaytirildi.
Toshkentning ayrim hududlarida ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Mirzo Ulug‘bek tumani Mohlaroyim va So‘fizoda ko‘chalarining kesishuvida ichimlik suv ta’minoti quvurida vujudga kelgan nosozlikni bartaraf qilish ishlari olib borilmoqda.
Mirzo Ulug‘bek tumani hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Hojimatov Hamidullo Mamirjonovich Mirzo Ulug‘bek tuman hokimining Iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Toshkentdagi Salom ko‘chasi bir oyga yopiladi
Mirzo Ulug‘bek tumanida «Namunali ko‘cha» loyihasi doirasida mahallalardagi kichik va tor ko‘chalar ta’mirlanmoqda.
Tadbirkor Muhammadbobur Xo‘jayev qurgan uyni buzgan tuman hokimligi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bo‘lajak kuyov to‘y xarajatlari uchun 48 million so‘mlik tovarni o‘g‘irladi (video)
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi tamaki mahsulotlari do‘konidan jami 48 million 191 ming so‘mlik tovar o‘g‘irlandi. O‘g‘ri bu yerdan 6 qop va yana 6 quti tamaki olgan va kuzatuv kamerasini ham ishdan chiqargan.
Aldov bilan ayolning uzugini o‘g‘irlagan firibgar qidiruvga berildi
2018-yil 27-yanvar kuni noma’lum shaxs Mirzo Ulug‘bek tumanida Olmazor tumanida yashovchi M.N.ismli ayolni aldash yo‘li bilan ishonchiga kirib, qo‘lidan uzugini yechib olib ketgan.
Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xususiy klinikaga tashrif buyurdi
Mazkur shifo maskanida oftalmologiya, neyrojarrohlik, plastik jarrohlik, kardiologiya, pediatriya, reabilitatsiya kabi o‘n beshdan ortiq ixtisoslik bo‘yicha tashxislash va davolash yo‘lga qo‘yilgan. Bu jarayonga tibbiyoti rivojlangan davlatlarda qo‘llanilayotgan amaliyot va texnologiyalar joriy etilgan.
Mirzo Ulug‘bek tuman xalq ta’limi bo‘limi o‘quvchilar va ota-onalardan rasman uzr so‘radi
Saytimizda bugun Toshkent shahridagi 210-o‘rta maktabda darsliklar bilan bog‘liq noxush holat haqida xabar bergan edik. Ushbu holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri vazifasini bajaruvchi Saida Muzaffarova o‘quvchilar va ota-onalardan rasman uzr so‘radi
Mutlaqo yangicha hokimiyat. Mirzo Ulug‘bek tumanida eksperiment boshlandi
Mirzo Ulug‘bek tuman hokimiga tuman mahalliy budjeti daromadlari prognozining ortig‘i bilan bajarilgan qismi hisobidan xodimlar lavozim maoshlariga, ular faoliyatini baholash natijalariga ko‘ra, 200 foizigacha ustama belgilash huquqi berildi.
Toshkentda aholi hayotiga xavf solayotgan yo‘l mutasaddilar e’tiboridan nega chetda qolmoqda? (video)
Achinarlisi shundaki, bu yerda «Yalang‘och» stansiyasi borligi tufayli poyezdlar tez-tez, soatlab to‘xtab turadi va odamlar yo‘ldan o‘tish uchun uning tagidan o‘tishga majbur bo‘ladi. Afsuski, ularning orasida murg‘ak bolalarimiz ham bor va ularning har biri kamida bir marta xavf bilan to‘qnash keladi.
O‘zbekiston tarixidagi ilk 3 pog‘onali ko‘prik qachon foydalanishga topshiriladi?
Jurnalistlardan biri V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi va «Aviator» savdo markazi yaqinidagi chorrahada qurilayotgan yangi yo‘l bog‘lamasiga oid yangi tafsilotlar, ayni paytda bu hududda tirbandlik yuzaga kelayotgani, buning oldini olish bo‘yicha qanday qo‘shimcha yo‘llar barpo etilishi bilan qiziqdi.