Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ay-Ti»chilar safi kengayadi (foto)

«Ay-Ti»chilar safi kengayadi (foto)

Mamlakatimizda beshta muhim tashabbusning uchinchisi — aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha qator ishlar olib borilmoqda. Yaqinda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida ushbu tashabbus doirasida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi faoliyat boshladi.

RTO‘Mning ochilish marosimida Toshkent shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi,  IT-park rahbariyati hamda ustoz-murabbiylar, o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishdi.

IT-markazda aholi va yoshlar axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, kompyuter dasturlash asoslari, veb-dasturlash, bekend-dasturlash, mobil ilovalar yaratish, ingliz tili va robototexnika kabi kurslarni va elektron tijorat sohasida innovatsion tadbirkorlik asoslarini o‘rganishlari mumkin. Barcha kurslar yuqori toifali o‘qituvchi-dasturchilar tomonidan olib boriladi. Markaz zamonaviy kompyuter va qo‘shimcha texnikalar bilan jihozlangan.

Yoshlarni o‘qitish uchun uchta xona ajratilgan markazda bir vaqtning o‘zida 32 nafar tinglovchiga kompyuter dasturlash asoslaridan samarali foydalanish imkoniyati yaratildi. Birinchi bosqichdagi barcha yoshlarga ta’lim bepul o‘qitiladi. Shuningdek, «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolar «Ay-Ti» yo‘nalishida o‘qitilib, sertifikat beriladi va ish bilan bandligi ta’minlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring