Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkor Muhammadbobur Xo‘jayev qurgan uyni buzgan tuman hokimligi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Tadbirkor Muhammadbobur Xo‘jayev qurgan uyni buzgan tuman hokimligi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Bu haqda kecha  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida prokuratura organlarining joriy yil dastlabki besh oylik faoliyati yuzasidan bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

Jinoyat ishi tadbirkor Muhammadbobur Xo‘jayev  tumanning  «Avayxon» mahallasi hududida qurayotgan 3 qavatli turar-joy binosi  buzib tashlanganiga bog‘liq. Turar-joy hech qanday sud qarorisiz buzib tashlangani aytilayotgan edi.

Darvoqe,  ayni shu masala yuzasidan shahar hokimi va tadbirkor o‘rtasida yakkama-yakka suhbat bo‘lib o‘tgandi. O‘sha suhbatdan so‘ng soliq organlari tadbirkor faoliyatini tekshirishga tushganidan esa ko‘plarning xabari bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring