Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda aholi hayotiga xavf solayotgan yo‘l mutasaddilar e’tiboridan nega chetda qolmoqda? (video)

Toshkentda aholi hayotiga xavf solayotgan yo‘l mutasaddilar e’tiboridan nega chetda qolmoqda? (video)

Tahririyatimizga Toshkent viloyatining Qibray tumani Boyjigit mahallasida istiqomat qiluvchi aholidan murojaat kelib tushdi. Uni quyida juz’iy o‘zgartishlar bilan hukmingizga havola etamiz.

«Toshkent viloyatining Qibray va poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanlarini bog‘laydigan Boyjigit hamda Azamat mahallalaridan o‘tuvchi yo‘l aholi hayotiga jiddiy xavf solmoqda. Poyezd relslari bilan kesishadigan bu yo‘ldan har kuni yuzlab bolalarimiz o‘tadi. Chunki bog‘cha, maktab va ishga qatnash uchun bundan bo‘lak yo‘limiz yo‘q.

Achinarlisi shundaki, bu yerda «Yalang‘och» stansiyasi borligi tufayli poyezdlar tez-tez, soatlab to‘xtab turadi va odamlar yo‘ldan o‘tish uchun uning tagidan o‘tishga majbur bo‘ladi. Afsuski, ularning orasida murg‘ak bolalarimiz ham bor va ularning har biri har kuni kamida bir marta xavf bilan to‘qnash keladi.

Bu muammo necha yildirki, bot-bot ko‘tarilgan, mutasaddilar o‘rtasida muhokama etilgan bo‘lsa hamki, o‘z yechimini topmadi. Shu yerda bir necha bor o‘ta ko‘ngilsiz voqealar yuz bergan bo‘lsa-da, mahalliy rahbarlarning parvoyiga ham kelgani yo‘q. Muammo yechim topishi, bu yerdan yer osti yo yer usti yo‘li qurilib, bolalarimizning emin-erkin o‘tib-qaytishi uchun yana nechta bolalarni qurbon berishimiz kerak?!

Hurmatli tahririyat ijodkorlari! Biz sizga yuborayotgan videoni ko‘rib, yuqoridagi so‘zlarning qanchalik rost ekaniga o‘zingiz ham ishonch hosil qilishingiz mumkin. Imkon topib, mahallamizga kelsangiz bunga o‘z ko‘zingiz bilan guvoh bo‘lasiz. Sizlardan iltimosimiz shuki, ushbu muammoni «Xabar.uz»da yoritsangiz. Zora shu orqali katta rahbarlarning ham shu muammoga ko‘zi tushib, ijobiy hal bo‘lsa. Aks holda boshqa murojaat qilinmagan joyning o‘zi qolmadi..»

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring