Toshkentdagi uchta tuman maktablari 14 kunga yopildi
Toshkent shahriga koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishi oldini olish bo‘yicha Toshkent shahar shtabining qaroriga ko‘ra, joriy yilning 16-mart kunidan boshlab Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor va Yunusobod tumanlaridagi barcha umumta’lim maktablarini bir martalik karantin muddatiga (14 kun) onlayn o‘qitishga o‘tkaziladi.
Ushbu tumanlar hududida faoliyat olib borayotgan nodavlat va xususiy ta’lim tashkilotlariga 16-martdan boshlab bir martalik karantin muddatiga (14 kun) o‘quvchilarni masofaviy shaklda o‘qitishga o‘tkazish tavsiya etiladi.
Poytaxtimizdagi boshqa tumanlarda o‘qish bahorgi ta’tilga qadar karantin talablariga to‘liq rioya etilgan holda an’anaviy davom ettiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter