Erkin matbuotga hujumlarni aslo oqlab bo‘lmaydi – Annalena Berbok
Chinakam hur jamiyat uchun erkin ommaviy axborot vositalari suv bilan havodek zarur. Bu haqda Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Bonn shahrida bo‘lib o‘tayotgan global mediaforum ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida ta’kidlagan.
«Shuncha bo‘larmu hay-hay» yoxud gazetalardagi tanqidga munosabat yo‘q
Maqola orqali matbuotga e’tibor qay ahvolda ekanligi haqida fikr bildirmoqchi emasmiz. Bilamiz, bosma nashrlarning ko‘pchiligi qiyin sharoitda.
OAVlar yuqori summada jarimaga tortilishi rivojlanishga to‘sqinlik qilishi mumkin — Sherzodxon Qudratxo‘ja
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti (O‘zJOKU) rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja «Sof.uz» internet-nashri va «Anorbank» o‘rtasidagi holat bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev matbuot va OAV xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi
Barchamiz demokratiya deb atalgan buyuk maktabning o‘quvchilarimiz.
Shavkat Mirziyoyev: «Jamiyatimizdagi «yopiqlik muhiti»dan qutuldik...»
Toshkentdagi xalqaro iqtisodiy forumda nutq so‘zlagan prezident Shavkat Mirziyoyev OAV erkinligi masalasiga e’tibor qaratdi.
Press-reliz nima va u qanday yoziladi?
Xorij mediaekspertlarining nazariy talqinlariga ko‘ra, har qanday press-reliz uch asosga tayanadi.
Shimoliy Koreya matbuoti xalqaro maydondagi vaziyatni qanday yoritmoqda?
O‘z fuqarolari qo‘shni mamlakatlar xalqlari qanday yashayotganini bilishlari KXDRdagi siyosiy barqarorlik uchun qanchalik xavfli ekanini Kim Chen In yaxshi tushunadi.
Komil Allamjonov: «Butun matbuot davlat rahbarining ko‘ngli uchun xizmat qilgan»
Televideniyeda faqat bachkana maqtovlar, gazetalarda esa faqat «jannatdan xabarlar» yoritilar edi. Bu kulgulidir hozir, lekin afsuski, holat aynan shunday edi. Davlat aholiga kerakli ma’lumotni emas, balki o‘zi to‘g‘ri deb bilgan ma’lumotlarni uzatish bilan shug‘ullangan.
matbuot kerak! matbuotga e’tibor kerak!
O‘tgan uch yil davomida, bosma nashrlar davri o‘tdi, degan iddaolar juda ko‘p bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda, har qanday axborot tezkor tarzda internet orqali yetkazib berilayotgan bugungi kunda matbuot kerakmi yoki kerak emasmi, qabilidagi bahs-munozaralar qizigandan qizidi.
Nega o‘zingizni kechirolmayapsiz, hamkasb?
Keyingi paytlarda o‘zimga o‘zim «Jurnalist kim o‘zi?» degan savolni ko‘p beradigan bo‘ldim. Biroq javobini hanuz topolmayman. Go‘yoki hamma narsa alg‘ov-dalg‘ov bo‘lib ketgandek tuyuladi menga. Hech kim o‘z o‘rnini bilmay qo‘ygandek.
Tramp matbuotni «o‘zgacha oqim»ga burmoqchi
AQSh prezidenti Donald Tramp xorijga safarlarida unga tinmay Amerika OAVlari o‘z mamlakatini yomon ko‘rishlari haqida gapirishlarini aytdi.
Shu holingizda maddohlik qilish nima zaril?!
O‘tgan yillar davomida o‘zbek matbuotining va jurnalistlarning obro‘sini tushirib yuborgan eng katta illat – maqtov, maddohlik bo‘ldi. Shuning kasriga bugun ko‘pchilikda matbuotga ishonch yo‘q. Shuning kasriga bugun matbuot yorug‘likka chiqishga qiynalib yotibdi.
Yigirma yillik uyqu yoxud o‘z jurnalistini tanimaydigan xalq...
1997-yil 15-yanvar kuni Pragada O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovga «Ozodlik» radiosining muxbiri tomonidan mana bunday savol beriladi: «Demokratiya va erkin matbuot qanday bo‘lmog‘i lozim?»
Nima uchun matbuot amalda to‘rtinchi hokimiyat darajasiga ko‘tarila olmayapti?
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan «OAV sohasida milliy qonunchilikni yanada takomillashtirishning dolzarb masalalari» mavzusida respublika konferensiyasi o‘tkazilmoqda.
Gap bir yon, amal bir yon...
Bugun so‘z aytgich ko‘p. Bugun mahalla oqsoqoli tinmay ne’matlarni isrof qilmaslik haqida gapiradi. Bugun imomlar iymon-e’tiqoddan ma’ruza o‘qiydi. Bugun muallimlar to‘g‘rilikdan dars beradi. Bugun jurnalistlar turli mavzu va mazmunlarda, ohangjamosini keltirib, uzundan-uzun maqolalar yozishadi… Ammo so‘zlar nishonga tegmaydi!
Majburiy obuna — dardning isitmasi!
Majburiy obuna yomon! Unga qarshiman! Lekin nega bizda ixtiyoriy obuna yo‘q? Nega hech kim bu savol ustida bosh qotirmaydi ham? Men anchadan beri o‘ylayman va ikki asosiy sababni ko‘raman.
Qalovini topsa... Namanganda matbuotni qanday qutqarishmoqda?
Tinib-tinchimas Ahadxon Abduhamidov yana bir xayrli ishga qo‘l ursami?! O‘zi ta’sischi bo‘lgan Kosonsoydagi «Zakovat» nashriyot uyiga lizing shartnomasi asosida 313 ming 800 AQSh dollariga teng bosmaxona va qadoqlash jihozlari olib kelib o‘rnatdi. Shunday qilib, Namangan viloyatidagi bosma nashrlar tahririyatlarining boshqa mintaqalarga borishiga ehtiyoj qolmadi.
Bugun Gretsiyada jurnalistlar ish tashlashdi
Ish tashlash sababli Gretsiyada radio va televideniye yangiliklar dasturlari ishlamayapti, aksariyat saytlar yangi kontent bilan to‘ldirilmayapti.
Jeff Bezos: «matbuotni tinch qo‘ying»
Demokratik yo‘l bilan saylangan hech bir amaldor, u prezident yoki gubernator bo‘ladimi, uni matbuot maqtashini, gazetalarda o‘ziga yoqadigan sarlavhalar chiqishini kutmasligi kerak», — dedi u Vashingtondagi Iqtisodiy klubdagi chiqishida.
Yozuvimizdagi xatolar qayerdan kelyapti?
Bundan bir necha kun avval yurtimizda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni nishonlandi. Ushbu kunda men ham o‘zgacha hayajonlanaman, jurnalist do‘st va tanishlarimni bayramlari bilan tabriklayman.