Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Gretsiyada jurnalistlar ish tashlashdi

Bugun Gretsiyada jurnalistlar ish tashlashdi

Foto: «GreekReporter.com»

Bugun, 27-noyabr kuni Gretsiyada jurnalistlar o‘z huquqlari cheklanishiga norozilik sifatida 24 soatlik ish tashlash e’lon qilishdi. Aksiyaga barcha ommaviy axborot vositalari, televideniye va bosh kotibiyatning axborot bo‘yicha xodimlari, idoralarning matbuot xizmatlari qo‘shildi.

Ish tashlash sababli Gretsiyada radio va televideniye yangiliklar dasturlari ishlamayapti, aksariyat saytlar yangi kontent bilan to‘ldirilmayapti.

Biz butun grek xalqiga, jumladan, OAV xodimlariga o‘z ta’sirini o‘tkazayotgan xalqqa qarshi qaratilgan choralar va kreditorlar bilan memorandum majburiyatlarini qoralaymiz, — Gretsiya matbuot va OAV xodimlari kasaba uyushmalari bayonotida shunday deyiladi.

Qolaversa, jurnalistlar mamlakatda matbuot erkinligi cheklanayotganiga ham e’tiborni tortishmoqchi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring