«Chig‘anoq» loyihasining ilk kitobi nashrdan chiqdi
«Mikrokreditbank» ATB hamda «Ijod nashr» nashriyoti O‘zbekistonda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqish, xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan kitoblarni yuksak sifat bilan chop etish maqsadida hamkorlikda «Chig‘anoq» loyihasini ishlab chiqdi.
Mol-mulk va yer solig‘i oshyapti: 2025-yil uchun soliq siyosati loyihasi e’lon qilindi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yil uchun davlat budjeti hamda soliq siyosati loyihasini e’lon qildi.
Prezident ikki yirik loyihani ishga tushirishda ishtirok etdi (foto)
Qo‘ng‘irot – Beyneu avtomobil yo‘lining yangidan qurilgan 240 kilometr qismini hamda Bobur ko‘chasidagi Toshkent xalqaro aeroportiga eltuvchi yo‘l o‘tkazgich foydalanishga topshirildi.
2025-yilgi Davlat budjeti loyihasining asosiy yo‘nalishlari belgilandi
Yaratilgan imkoniyatlar hisobiga kelgusi yilda 78 ta tuman budjet xarajatini o‘zi qoplashga o‘tkaziladi. Buning uchun yer, mol-mulk va aylanma solig‘i to‘liq, daromad solig‘ining 50 foizi ularning o‘zida qoldiriladi.
O‘zbekistonning olis hududlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash va sanitariya loyihasi taqdim etildi
Joriy yilning 16 oktyabr kuni Aholi turmush tarzini rivojlantirishga ko‘maklashish Respublika «Taraqqiyot» jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda «Global Wash Initiative Fund» JTI SA bilan hamkorlikda O‘zbekistonning olis hududlarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va sanitariya loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Toshkent viloyatida to‘qqizta yangi loyiha qurilishiga start berildi (foto)
Marosimda shundan ikkitasi – Ohangaron tumanida barpo etilgan 2,5 megavattli kichik GES hamda Bo‘stonliq tumanida qurilgan 1,5 megavattli Ugam kichik GESi ishga tushirilmoqda. Mazkur quvvatlar yiliga 18 million 400 ming kilovatt soat “yashil” energiya ishlab chiqaradi va 7 ming 600 ta xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.
5 yilda 14 ta holat va 4 ta o‘lim: attraksionlardan foydalanish qoidalari tasdiqlanadi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi «Attraksionlardan xavfsiz foydalanish qoidalarini tasdiqlash haqida»gi qarori loyihasini e’lon qildi.
Probatsiya bo‘linmalari xodimlariga qo‘shimcha vakolatlar berilyapti
Muhokamada deputatlarning ta’kidlashicha, so‘nggi paytlarda probatsiya nazoratidagi shaxslar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishi holatlari ortib bormoqda va bu ushbu yo‘nalishdagi huquqiy ta’sir choralarini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
Qiynoq oqibatida kelib chiqqan o‘lim holatlari uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
Jinoyat kodeksining 235-moddasini xalqaro standartlarga muvofiq yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Bank tizimida kafolatlangan omonat miqdorining yuqori chegarasi belgilanyapti
Aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash uchun iqtisodiy inqirozlarning salbiy oqibatlarini minimallashtirish maqsadida kafolatlangan omonat miqdorining yuqori chegarasi (200 mln so‘m) belgilanmoqda.
«Tez boyib ketish»ni va’da qiluvchi soxta treningchilar javobgarlikka tortiladi
«Tez boyib ketish» va «oson pul topish yo‘llarini o‘rgataman» kabi e’lonlar bilan turli vebinar va seminar-treninglar o‘tayotgan shaxslar faoliyati tartibga solinadi.
JPK hamda «Sudlar to‘g‘risida»gi qonunga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugungi majlisida «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yangi tahrirda qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Fuqarolarga tibbiyot muassasalariga hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladi – loyiha
Hukumatning «Jismoniy shaxslarni davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qo‘yish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi bilan fuqarolarni davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanmoqda.
Qator sud ishlarida prokurorga davlat manfaatlarini himoya qilish vakolati berilmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugungi majlisida ayrim qonun hujjatlariga sudlarda ishlarni ko‘rishda prokurorning vakolatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga doir qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Fuqarolar osoyishtaligini buzadigan harakatlarning qat’iy ro‘yxati tasdiqlanyapti
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi majlisida «Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
O‘zbek tili milliy sertifikat imtihonlarida yuqori ball olganlarga xarajatlari qoplab beriladi
O‘zbek tilining mamlakatda va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini oshirish, yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarida yuqori ball olganlarga imtihon xarajatlarini qoplab berish rejalashtirilmoqda.
Bolasini noqonuniy diniy ta’limga jalb qilganlarga javobgarlik belgilanyapti
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan bugungi majlisda deputatlar «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bola huquqlarini yanada mustahkamlash bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ko‘rib chiqdilar.
Yerga doir qonunchilikni buzganlarga javobgarlik choralari kuchaytirilyapti
Bugun, 25-iyun kuni Qonunchilik palatasi deputatlari majlisida yer uchastkalaridan samarali foydalanish hamda sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Aholi punktlariga kirib qolgan yovvoyi hayvonlar himoyasiga qaratilgan nizom ishlab chiqilyapti
Hukumatning tegishli qarori loyihasi bilan yovvoyi hayvonlarni tabiiy yashash muhitidan o‘zga muhitga tushib qolganda himoya qilish, qutqarish va jonsizlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanmoqda.
Bank sirini oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi mumkin
Jismoniy va yuridik shaxslarning tijorat, bank, soliq yoki sug‘urta siri hisoblangan axborotni yoki boshqa shu kabi axborotni oshkor qilganlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlikni belgilovchi qonun loyihasi e’lon qilindi.
O‘zbekiston haqida nomaqbul chiqishlar qilgan xorijliklarga taqiq qo‘yiladi
Qonun loyihasi hozirgi globallashuv sharoitida O‘zbekiston suvereniteti va hududiy yaxlitligini muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilashga zaruratidan kelib chiqadi.
Toshkentda zamonaviy muz saroyi bo‘lgan Xokkey sport majmuasi quriladi
Sport vazirligi Xokkey sport turini rivojlantirish va ommalashtirishga doir Prezident qarori loyihasini ishlab chiqdi.
Muhokamalar markaziga chiqqan qaror loyihasi jamoatchilikka e’lon qilinadi
So‘nggi kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoq faollari tegishli vazirlik va idoralarda hamda o‘zlarida mavjud, biroq jamoatchilik uchun oshkor qilinmagan «Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida»gi qaror loyihasini keng muhokama qilmoqda.
Faqatgina naqdsiz va karta bilan to‘langan xaridlar uchun keshbek berish rejalashtirilyapti
Bu haqda «Spot» nashri o‘zida nusxasi bo‘lgan Prezidentning yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qarori loyihasi matniga tayanib xabar bermoqda.
Mahkumlarga videouchrashuvdan foydalanish huquqi beriladi – loyiha
Amaldagi Jinoyat-ijroiya kodeksiga ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga ularning yaqinlari bilan suhbatlashishga doir o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Yo‘ldagi qoidabuzarlik bo‘yicha qayta murojaat qilishda davlat xizmati ko‘rsatiladi – loyiha
Bu borada Hukumatning tegishli qarori loyihasi ishlab chiqilgan.
Jizzaxda ikkita yirik loyihaga start berildi
Ulardan biri – G‘allaorol tumanida barpo etiladigan, metallurgiyaga ixtisoslashgan sanoat zonasi. U yerda 500 million dollarlik 7 ta loyiha amalga oshiriladi. Jumladan, armatura, po‘lat sharlar, quvurlar, avtomobil kuzovi va maxsus texnikalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Jizzaxda 6 milliard 100 million dollarlik loyihalar amalga oshiriladi
Prezidentimiz investorlarga loyihalarni amalga oshirishda omad tiladi. Mutasaddilarga ularning ijrosini alohida nazoratga olish topshirildi.
O‘zbekistonda 3,5 million yevrolik loyihalar ishga tushirildi — YI
O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqining granti asosida umumiy qiymati 3,5 million yevrodan ortiq bo‘lgan 8 ta tashabbus amalga oshiriladi.
Shavkat Mirziyoyev 660 million dollarlik loyihalar bilan tanishdi
Xususan, yuk elektromobillari, akkumulyatorlar uchun nikel sulfat, arxitektura oynalari, shisha idishlar, qurilish materiallari, lak-bo‘yoqlar va mato ishlab chiqarish kabi loyihalar hudud iqtisodiyoti rivojiga katta hissa qo‘shib, minglab ish o‘rinlari yaratishi bilan ahamiyatli.
«Bulling» bolalarga nisbatan zo‘ravonlik shakli sifatida e’tirof etilyapti
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugungi majlisida bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqilmoqda.
Toshkentda «Avtomobilsiz kun»ni e’lon qilish rejalashtirilyapti
Mazkur tartibning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun ekologiya va transport vazirliklari hamda Toshkent shahar hokimligi mas’ul etib belgilanmoqda.
O‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan mahkumlarga ham saylovlarda qatnashish huquqi berilishi mumkin
Parlament Quuyi palatasida bo‘lib o‘tayotgan majlisda deputatlar «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini muhokama qildilar.
Sudyalarning jamoatchilik oldida axborot berish tartibi belgilanyapti
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida sudlar mustaqilligi kafolatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi.
«Tez yordam» mashinalari qoidabuzarligini qayd etishning yangi tartibi kuchga kiradi
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun shaxslarning ma’muriy javobgarligiga doir 171-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Mudofaa vazirligining «Yosh vatanparvar» ko‘krak nishoni ta’sis etiladi
Hukumat qarori loyihasi bilan Mudofaa vazirligining «Yosh vatanparvar» ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanyapti.
2025-yilgacha barcha IIBlarni alkotester bilan ta’minlash rejalashtirilyapti
Ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlariga olib kelingan, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarning mastlik holatida ekanligini aniqlashda alkotesterdan foydalanish tartibi joriy etiladi.
Kelgusi yildan mansabdorlarni lavozimga tayinlashda yangi tizim joriy etiladi
Hukumatning davlat organlari faoliyatida inson huquq va erkinliklarini ta’minlanishiga rioya etilayotganini aniqlash tartibini joriy etishga oid qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Yo‘l harakatidagi 14 ta qoidabuzarlik uchun «jarima ballari» tizimi ishlab chiqilyapti
Bugun, 28-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida «Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Surxondaryoda muhim loyihaning birinchi bosqichi ishga tushirildi (foto)
Viloyat aholisining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 70 foizga yetdi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi negizida universitet tashkil etiladi
Prezidentning Toshkent tibbiyot akademiyasini Toshkent davlat tibbiyot universiteti etib qayta tashkil etishga doir qarori loyihasi e’lon qilindi.
«Mening birinchi uyim» dasturi Zangiota tumanidan boshlanadi
«Mening birinchi uyim» dasturining birinchi bosqichi tajriba-sinov tariqasida Zangiota tumani «Turkiston» MFYda amalga oshiriladi. Bu borada Prezidentning tegishli qarori loyihasi ishlab chiqildi.
O‘g‘rilik oqibatida yetkazilgan zararning minimal chegarasi belgilanyapti
Mulkka tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni takomillashtirilishi munosabati bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritishga doir IIV ishlab chiqqan qonun loyihasi e’lon qilindi.
Dronlardan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik yengillashtirilyapti
O‘zbekistonda dronlardan noqonuniy foydalanganlik uchun belgilangan javobgarlik yengillashtirilmoqda.
20 turdagi musobaqada o‘rin olgan sportchilarga stipendiya beriladi – loyiha
20 turdagi musobaqada o‘rin olgan sportchilarga stipendiya berish haqida Yoshlar siyosati va sport vazirining buyrug‘i tayyorlanyapti.
Zararli shovqin va yoqimsiz hidlar bo‘yicha tartib kuchaytiriladi
Shu bilan birga, zararli shovqinlar va yoqimsiz hidlarga qarshi kurashish masalalarini kompleks tartibga soluvchi yagona huquqiy hujjat mavjud emas.
O‘zbekistonning Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksi qabul qilinadi
Bu borada tegishli qonun loyihasi e’lon qilindi.
Og‘ir yuk tashuvchi avtomashinalar harakatini ma’lum vaqtlarda cheklash rejalashtirilyapti
Transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash hamda belgilangan og‘irlik va gabarit me’yorlariga qo‘yilgan talablarni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Buxoroda 36 mlrd. so‘mlik innovatsion loyihalar moliyalashtiriladi
«Kreativ ta’lim va innovatsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi» shiori ostida «InnoWeek-2023» innovatsion g‘oyalar haftaligi boshlandi.
Ma’muriy sudlarga murojaat uchun undiriladigan davlat boji bekor qilinishi mumkin
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugun, 17-oktyabrdagi majlisida «Davlat boji to‘g‘risida»gi qonunga ma’muriy sudlarga shikoyat qilish tartibi soddalashtirilishi munosabati bilan qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi.
O‘zbekistonda pedofillarning alohida reyestri yuritiladi
Bu borada Adliya vazirligi «Bolalarni zo‘ravonliklarning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqqan.
Bolalarni zo‘ravonlikdan asrashda ularga ham himoya orderi berish rejalashtirilyapti
Adliya vazirligi «Bolalarni zo‘ravonliklarning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi.
Ayrim masalalarda fuqarolar qonunchilik taklifini bildira olmaydilar – loyiha
Parlament Quyi palatasi ayrim qonun hujjatlari, jumladan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish haqidagi hujjat loyihasini e’lon qildi.
O‘zbekistonda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati tuziladi
Senatning qirq uchinchi yalpi majlisida «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 43-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritishga doir hujjat loyihasi ko‘rib chiqildi.
Texnikumlarda ham kredit-modul tizimi joriy etiladi – loyiha
2023-yil dekabrga qadar Texnikumlarda kredit-modul tizimini joriy etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi ishlab chiqiladi.
Ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun bog‘chalar tekin bo‘lishi mumkin
2023 yil dekabr oyiga qadar tegishli vazirliklar maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha Prezident qarori loyihasini ishlab chiqishlari kerak.
Ayrim toifa o‘qituvchilarga 30 foizgacha miqdorda ustama to‘lab boriladi – loyiha
Bu haqda «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori loyihasida so‘z boradi.
Kasanachilarni ishga olgan tadbirkorlarga ijara to‘lovidan imtiyoz beriladi
Bu borada Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining qarori loyihasida belgilab qo‘yilmoqda.
Jizzaxda «BYD» va «Volkswagen» avtomobillari ishlab chiqariladi
Hukumatning ayrim hududlar iqtisodiy bazasini «yashil» iqtisodiyot tamoyillaridan kelib chiqib diversifikatsiyalashga doir qarori loyihasi e’lon qilindi.
Sud amaliyotida “ishlarni taftish tartibida ko‘rib chiqish” amaliyoti joriy qilinadi
Joriy yil 20-iyun kuni Oliy majlis Qonunchilik palatasi Fuqarolik protsessual, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi, Iqtisodiy protsessual, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi hujjatni muhokama qildilar.