Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tez yordam» mashinalari qoidabuzarligini qayd etishning yangi tartibi kuchga kiradi

«Tez yordam» mashinalari qoidabuzarligini qayd etishning yangi tartibi kuchga kiradi

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun shaxslarning ma’muriy javobgarligiga doir 171-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari, shuningdek ular kuzatib kelayotgan transport vositalari (tibbiy tez yordam transport vositalari bundan mustasno)  tomonidan yo‘l harakati qoidalariga muvofiq imtiyozdan foydalangan holda sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar maxsus foto- va video qayd etishning avtomatlashtirilgan texnik vositalari orqali qayd etilgan taqdirda hamda kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda haydovchilarning ma’muriy qoidabuzarligi oxirgi zarurat holatlarida sodir etilgan deb topiladi va ma’muriy ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi.

Shuningdek, tibbiy tez yordam transport vositalari tomonidan yo‘l harakati qoidalariga muvofiq imtiyozdan foydalangan holda sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar maxsus foto- va video qayd etishning avtomatlashtirilgan texnik vositalari orqali qayd etilgan taqdirda haydovchilarning ma’muriy qoidabuzarligi oxirgi zarurat holatlarida sodir etilgan deb topiladi va ma’muriy ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, tibbiy tez yordam transport vositalari haydovchilari yo‘l harakati qoidalarini buzgan taqdirda tibbiy tez yordam muassalari tomonidan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilish zarur. Shundagina mazkur ma’muriy ish MJtKning 271-moddasi asosida tugatiladi.

Ma’lumot uchun, 2020 – 2023 yilning 6 oy davomida jami jami 16 864 ta shu kabi holat aniqlangan bo‘lib, shulardan 10 444 ta holat bo‘yicha ma’muriy ishlar tugatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring