2025-yilgacha barcha IIBlarni alkotester bilan ta’minlash rejalashtirilyapti
Ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlariga olib kelingan, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarning mastlik holatida ekanligini aniqlashda alkotesterdan foydalanish tartibi joriy etiladi.
Bu borada ishlab chiqilgan Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, tuman (shahar) ichki ishlar organlari navbatchilik qismlari 2024-2025 yillarda bosqichma-bosqich jami 208 dona alkotesterlar bilan ta’minlanadi.
Navbatchilik qismlarida ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari hamda patrul-post xizmati xodimlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishda gumon qilinib, olib kelingan shaxslar mastlik holatida ekanligini tekshirish maqsadida alkotester yordamida tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs alkotester yordamida tekshiruvdan o‘tkazilib, uning mastlik holati aniqlanib, biroq mazkur natijalar bo‘yicha ushbu shaxsda e’tirozlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ular mas’ul xodimlar tomonidan mastlik holatini tekshirish maqsadida tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish uchun sog‘liqni saqlash idoralarining belgilagan tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalariga olib boriladi.
Hujjat loyihasi bilan IIVga shaxsning mastlik holatini tekshirishda alkotester vositalardan foydalanish tartibini yo‘lga qo‘yish va uning samaradorligini oshirish maqsadida mas’ul xodimlar malakasini oshirish yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etish vazifasi yuklanadi.
Vazirlik, shuningdek, 2025-yil yakuniga qadar tuman (shahar) ichki ishlar organlari navbatchilik qismlari uchun alkotesterlarni Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini rivojlantirish jamg‘armalari hisobidan davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq bosqichma-bosqich xarid qilish choralarini ko‘radi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter