Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan mahkumlarga ham saylovlarda qatnashish huquqi berilishi mumkin

O‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan mahkumlarga ham saylovlarda qatnashish huquqi berilishi mumkin

Parlament Quuyi palatasida bo‘lib o‘tayotgan majlisda deputatlar «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini muhokama qildilar.

Taklif etilayotgan qonun loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar bilan insonparvarlik tamoyili asosida munosabatda bo‘lish, ularning sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishini ta’minlashga oid normalar kiritilmoqda.

Shuningdek, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq, agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat qilish tartibi joriy etilyapti.

Bundan tashqari, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etib ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarning saylov va referendumlarda ishtirok etish huquqi belgilanmoqda. 

Qonun loyihasi konseptual jihatdan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 4-sentyabrda qabul qilingan O‘RQ-563-sonli qonun bilan Konstitutsiyaga ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarga saylovlarda ishtirok etish huquqini berishga doir o‘zgartirish kiritlgan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring