Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldu ketma-ket ikkinchi oy tengsiz deb topildi

Ronaldu ketma-ket ikkinchi oy tengsiz deb topildi

«Al-Nasr» futbol klubi sardori, portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni Superligasida sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

38 yoshli futbolchi sentyabr oyida mahalliy ligada o‘tkazgan to‘rtta o‘yinning har birida gol urdi. «An-Nasr» hujumchisi beshta gol va uchta golli uzatmaga ega. Endilikda u Saudiya Arabistoni chempionatida to‘purarlar poygasida 10 ta gol bilan yakka peshqadamlik qilmoqda.

Ronaldu bu sovrinni ketma-ket ikkinchi marta oladi. Avgust oyida ham unga teng keladigani yo‘q edi, keyin beshta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Ayni paytda, Ronaldu «Al-Nasr» safida o‘ynagan 10 oy ichida o‘zining 31-golini urdi. U Osiyo Chempionlar ligasi o‘yinida Tojikiston «Istiqlol»i darvozasiga so‘nggi golni yo‘lladi, bu gol uning ushbu turnirdagi debyuti bo‘ldi. Portugaliyalik futbolchi ketma-ket uchinchi o‘yinda gol urdi, so‘nggi beshta o‘yinda esa barcha turnirlarda beshta gol muallifi bo‘ldi.

2023 yilning yanvaridan beri Ronaldu saudiyaliklar safida 35 ta o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring