Ronaldu ketdi, «MYu» sotuvga qo‘yiladi
Kuni kecha «Manchester Yunayted» Krishtianu Ronaldu bilan shartnomani bekor qilganini ma’lum qilgandi. Bugun esa «Manchester Yunayted» xo‘jayinlari klubni sotishga tayyor ekanliklarini elon qilishdi.
JCh-2022 oldidan Ronaldu katta intervyu berib, unda klubni va bosh murabbiy Erik ten Hagni jiddiy tanqid qilgandi. Shu sabab klub portugaliyalik hujumchi o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilganidan so‘ng darhol jamoani tark etishini bildirdi.
Shundan so‘ng, Gleyzerlar klubda «rivojlanishni tezlashtirish uchun strategik alternativlarni o‘rganish jarayoni» haqida e’lon qildi.
Jarayonning bir qismi sifatida MYu direktorlar kengashi «barcha strategik variantlarni, jumladan, klubga yangi sarmoya kiritishga ruxsat berish, klubni sotish yoki boshqa bitimlarni ko‘rib chiqadi».
Gleyzerlar 2005 yilda 790 mln funt evaziga «MYu»ni qabul qilib olishgan. Hozirda klubningning narxi taxminan 2,15 mlrd dollarni (1,81 mlrd funt sterling) tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter