Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FIFA Ronalduning klubiga taqiq qo‘ydi

FIFA Ronalduning klubiga taqiq qo‘ydi

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) Saudiya Arabistonining «An-Nasr» jamoasiga yangi futbolchilarni sotib olishni taqiqladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu klub libosida portugaliyalik mashhur Krishtianu Ronaldu to‘p suradi.

FIFA Saudiya klubini hujumchi Ahmad Musa bilan kelishuvga erishgani uchun Angliyaning «Lester» klubiga bonuslar bermagani uchun jazoladi. Besh yil avval nigeriyalik futbolchini  «An-Nasr» taxminan 16 million yevro evaziga sotib olgan edi va u Saudiya Arabistoni chempionligini qo‘lga kiritib, jamoa tarkibida 60 o‘yin o‘tkazgandi. Ahmad 2020 yilda klubni erkin agent sifatida tark etgan.

FIFA ikki yil avval «An-Nasr»ni ingliz klubi oldidagi qarzi haqida ogohlantirgan, keyin esa jazolanishi haqida bildirgandi. Shart bajarilmadi va endi qaror yaqin kunlarda kuchga kiradi. FIFAning taqiqi uzoq vaqtga cho‘zilishi mumkin.

«An-Nasr» jamoasining izohiga ko‘ra, bu voqea klub Saudiya Arabistoni davlat investitsiya jamg‘armasi tarkibiga kirishidan oldingi vaqtda sodir bo‘lgan. Endi jamg‘arma jazodan qochish uchun ushbu qarzlarni yopishni rejalashtirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring