Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FIFA rahbari Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi

FIFA rahbari Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi:

“Janobi Oliylari,

Hurmatli Prezident!

Kecha O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor FIFA Jahon chempionatiga chiqib, Osiyoda birinchi bo‘lib JCh-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan terma jamoalardan biriga aylandi.

Butun futbol jamoatchiligi nomidan Sizni va butun O‘zbekiston xalqini ushbu munosib va tarixiy natija bilan tabriklashga ijozat bergaysiz.

Bunday ajoyib yutuq ushbu muvaffaqiyatga aloqador bo‘lgan barchaning birgalikdagi sa’y-harakatlari va qat’iy irodasi tufayli amalga oshdi. Sizga, hukumatingizga, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga, futbolchilarga, murabbiyga, barcha xodim va rahbarlarga, shuningdek, albatta, qalbi qaynoq muxlislarga samimiy tabriklarimni yo‘llayman.

Muhtaram Prezident, Sizga 2026 yilgi FIFA Jahon chempionatida muvaffaqiyatlar tilayman hamda Siz, Janobi Oliylari bilan yana bir bor uchrashish imkoniyatini intiqlik bilan kutaman".

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring