Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FIFA klublar o‘rtasidagi JCh mukofot pullarini e’lon qildi

FIFA klublar o‘rtasidagi JCh mukofot pullarini e’lon qildi

Foto: FIFA

FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionati mukofot pullarini rasman e’lon qildi.

Jami mukofot jamg‘armasi — 1 milliard dollar, 32 jamoa o‘rtasida taqsimlanadi.

Jamoalar 525 mln dollarni faqat ishtiroki uchun oladi:

  • Yevropa klublari — 12,81 mln.dan 38,19 mln dollargacha (reytingiga qarab)
  • Janubiy Amerika klublari — 15,21 mln dollardan
  • Osiyo, Afrika va KONKAKAF klublari — 9,55 mln dollardan
  • Okeaniya klublari — 3,58 mln dollardan

Qolgan $475 mln natijalarga qarab taqsimlanadi:

  • $1 mln — guruh bosqichidagi durang
  • $2 mln — guruh bosqichidagi g‘alaba
  • + $7,5 mln — 1/8 final yo‘llanmasi
  • + $13,125 mln — 1/4 final yo‘llanmasi
  • + $ 21 mln — 1/2 final yo‘llanmasi
  • + $ 30 mln — final yo‘llanmasi
  • + $ 40 mln — turnir g‘olibi

Shu tariqa, g‘olib jamoa bir oyda taxminan $150 mln ishlashi mumkin, bu Chempionlar ligasida 9 oyda topiladigan puldan ko‘p.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


    Izohlar mavjud emas