Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

38 yoshli Krishtianu Ronaldu eng yaxshi natija qayd etdi

38 yoshli Krishtianu Ronaldu eng yaxshi natija qayd etdi

Futbol bo‘yicha Saudiya Professional Ligasining 19-turida «At-Taavun» darvozasiga gol urgan Krishtianu Ronaldu 2023 yildagi gollari sonini 54 taga yetkazdi.

Shu tariqa 38 yoshli Ronaldu yilning eng yaxshi to‘purariga aylandi. Undan keyingi o‘rinlarni «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe va «Bavariya» futbolchisi Harri Keyn (har ikkalasida 52 tadan gol mavjud) egalladi. 4-o‘rindan esa «Manchester Siti» forvardi Erling Holand (50 ta gol) joy oldi.

54 ta gol — Krishtianuning 2016 yildan keyingi eng yaxshi natijasi. O‘shanda Krish 55 ta gol urgan. Ronalduning rekordi esa 2013 yilga to‘g‘ri keladi, o‘shanda 69 ta gol urgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring