Zufar Narzullayev yirik tarmoqqa rahbar bo‘ldi
Zufar Narzullayev «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ raisi etib tayinlandi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Zufar Narzullayev 2017 yildan buyon «O‘zshahar qurilish invest» injiniring kompaniyasi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. 2017—2022 yillarda respublika miqyosida ko‘p qavatli uy-joylar qurilishiga buyurtmachilik qilgan kompaniya 56 ming xonadondan iborat 1 228 ta uy-joy barpo etgan.
Shuningdek, Zufar Narzullayev 2009—2016 yillarda temir yo‘l tizimida kapital qurilish direksiyasiga rahbarlik qilgan va «Angren—Pop» temir yo‘li qurilishida faollik ko‘rsatgan. 2016—2017 yillarda Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 11 iyul kuni bo‘lib o‘tgan prezident raisligidagi videoselektor yig‘ilishida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ raisi Husniddin Hosilov lavozimidan ozod etilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter