Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DSI boshlig‘i o‘rinbosarining YPX xodimlari ushlagan vaqtda o‘lgani aks etgan video internetga joylandi

DSI boshlig‘i o‘rinbosarining YPX xodimlari ushlagan vaqtda o‘lgani aks etgan video internetga joylandi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan ushlanib, mashinaga majburiy joylangan vaqtda vafot etgani xabari berilgandi.

Ichki ishlar vazirligining holatga izoh berishicha, «Kobalt» rusumli avtotransport svetoforning qizil chirog‘idan to‘xtamasdan o‘tib, xodimlarning to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan, avtotransportda yuqori tezlikda harakatlanib yashirinmoqchi bo‘lgan.

Hududdagi 4R-243 avtomobil yo‘lining 7 kilometriga yetganida «Kobalt» yo‘l qatnov qismining o‘rtasida to‘xtab, haydovchi avtotransportni tashlab, piyoda qochishga uringan.

Huquqbuzar, xodimlar tomonidan ushlanib, o‘ta mast holatda bo‘lganligi gumon qilinib, tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun taklif qilganida, fuqaro A.A. ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan faol qarshilik ko‘rsata boshlagan.

Shu vaqt oralig‘ida tibbiy ko‘rikka olib borish uchun transport vositasiga o‘tkazilgan fuqaro A.A.ning sog‘lig‘i yomonlashib, voqea joyiga tez tibbiy yordam xizmati chaqirtirilgan. Ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay fuqaro A.A. vafot etgan.

Vazirlik axborot xizmati holat aks etgan videoni taqdim etdi.

Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, Kattaqo‘rg‘on tumani IIB YHXB xodimlarining faoliyati jarayonida tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i 1-o‘rinbosarining o‘limi yuz bergan. Holat yuzasidan JKning 206-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.

Tergov ustidan Bosh prokuratura tomonidan nazorat o‘rnatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring