Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kattaqo‘rg‘on suv ombori sohilida klaster tashkil qilinadi

Kattaqo‘rg‘on suv ombori sohilida klaster tashkil qilinadi

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida qurilajak madaniyat va turizm klasteri loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda shahar hokimiyati vakillari, sektorlar rahbarlari, barcha qiziquvchilar ishtirok qildilar. Kattaqo‘rg‘on suv ombori sohilida bo‘y ko‘rsatadigan klaster qurilishi uch bosqichda amalga oshiriladi.

–  Birinchi bosqichda madaniyat va istirohat bog‘i, tabiat qo‘ynidagi kafe, zamonaviy ovqatlanish shoxobchalari, ochiq va yopiq akvapark, havo sharlarida parvozlar va suv texnikalarini tashkil etish rejalashtirilgan, –  deydi loyiha tashabbuskori, «KBR NATURE RESORT COMPLEX» MChJ rahbari Safar Ergashev. – Ikkinchi bosqichda turli toifadagi dam olish maskanlari, restoranlar quriladi. Uchinchi bosqich qurilish hajmi yanada kengroq. Loyihaga ko‘ra, bunda mehmonxonalar va sakkiz ming kishiga mo‘ljallangan amfiteatr qad ko‘taradi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar, qiymati 3 mln dollarga teng loyiha qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishi, hududda ichki sayyohlik qatorida xorijiy sayyohlarni ham jalb qilish imkoni paydo bo‘lishi va pirovardida shaharda yangi daromad manbalariga yo‘l ochilishini ta’kidlashdi. Ekoturizm yo‘nalishidagi klasterda Sport va sog‘lomlashtirish bilan bog‘liq dargohlar ham bo‘ladi. Bu mahalliy aholi hayot tarziga ham ta’sir ko‘rsatishi kutiladi.

Birinchi bosqichda doirasida qurilishi rejalashtirilgan ob’yektlar joriy yilda ishga tushishi ko‘zda tutilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring