SamDU filialida beton plita qulashidan jarohatlanganlar soni ko‘proq ekani ma’lum bo‘ldi
Bugun, 4 sentyabr kuni Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filialida faollar zalida yangi o‘quv yilining boshlangani munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbir vaqtida binoning beton plitasi qulab tushgani xabar qilingandi.
Hokimlik xabarida jarohatlanganlar soni ikki nafar ekani aytilgandi. Prokuratura xabariga ko‘ra, 6 nafar qiz jarohatlangan.
Yangi tafsilotlarga ko‘ra, 4 sentyabr kuni soat taxminan 10:50 larda Kattaqo‘rg‘on shahrida joylashgan SamDUning Kattaqo‘rg‘on filialidagi zali shift qismiga o‘rnatilgan temir beton plitasi qulab tushgani oqibatida 6 nafar talaba qiz tan jarohati olgan. Hozirda binoning qurilishi hamda mukammal ta’mirlanishi holati mutaxassislar jalb qilingan holda o‘rganilmoqda.
Ushbu binoning atigi bir yil avval ta’mirlangani aytiladi.
Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter