Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SamDUning Kattaqo‘rg‘on filialida talabalar ustiga beton plita qulab tushdi

SamDUning Kattaqo‘rg‘on filialida talabalar ustiga beton plita qulab tushdi

Bugun, 4 sentyabr kuni Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filialida faollar zalida yangi o‘quv yilining boshlangani munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbir vaqtida binoning beton plitasi talabalar ustida qulab tushgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan turli mazmundagi xabarlardan so‘ng mavjud vaziyat to‘g‘risida Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, SamDUning Kattaqo‘rg‘on filiali binosidagi (sobiq litsey binosi bo‘lgan) faollar zali shiftidagi beton plita noma’lum sabablarga ko‘ra joyidan siljib pastga qulab tushgan.

«Voqea sodir bo‘lgan ya’ni, plita tushgan joyda talabalar bo‘lmaganligi sababli hech kimga jiddiy zarar yetmagan. Faqat zalning birinchi qatorida o‘tirgan ikki nafar 1-bosqich talabalari yengil jarohat olgan va ayni damda shahar Tibbiyot birlashmasida tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Hozirda holat yuzasidan ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda», – deyiladi hokimlik munosabatida.

Ayrim manbalar hodisa oqibatida 3 nafar talaba qizning turli darajada tan jarohati olganini yozmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring