Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yo‘qolgan qiz topildi: u oshxonadan ish so‘ragan

Yo‘qolgan qiz topildi: u oshxonadan ish so‘ragan

Qarshi tumanida 15 yoshli qiz uyidan chiqib, qaytib kelmagani haqida xabar bergandik.

Yo‘qolgan qiz Shirina Kenjayeva G‘uzor tumanidan topildi. Bu haqda qizning otasi Jumanazar Tirkashevga tayanib «Nasafnews» xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, qiz dugonasini ko‘rish uchun G‘uzor tumaniga borgan.

«Qizimiz adashib G‘uzorga ketib qolibdi. Dugonalaridan biri G‘uzorda yashayman, degan ekan, «borsam topib olaman» deb tuman markaziga boribdi. Keyin adashib qolib, o‘sha yerdagi yaxshi oilalardan biriga tunash uchun joy so‘ragan. Ertasi kuni puli tugab qolgani uchun o‘sha yerdagi oshxonalarning biridan ish so‘ragan», – deydi qizning otasi.

Internetda tarqalgan e’lonlarni ko‘rgan g‘uzorlik fuqarolar uning oila a’zolariga qo‘ng‘iroq qilishgan. Qiz Ichki ishlar organlari xodimlari yordamida o‘z uyiga olib kelingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring