Yana bir vazirlikda tayinlovlar amalga oshirildi
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida ham tayinlovlar e’lon qilindi.
Prezident qarori bilan:
- Erkin Muhitdinov Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
- Jamshid Abruyev Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
- Ra’no Turdiboyeva Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari lavozimiga (avval Oila va hotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari edi);
- Mirzohid Ubaydullayev Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga;
- Ozoda Parpibayeva Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va hotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek:
- Bahodir Umurzoqov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining o‘rinbosari lavozimidan;
- Sodiqjon Turdiyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan;
- Abdulla Tursunov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari lavozimidan;
- Muxtor Muhitdinov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari lavozimidan;
- Nodira Egamberdiyeva boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Oila va hotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Avvalroq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida amalga oshirilgan tayinlovlar haqida xabarlar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter