Yadroviy «beshlik» yetakchilari qo‘shma bayonot berishdi
Yadro quroliga ega besh mamlakat yetakchilari qo‘shma bayonot berishdi. To‘liq matn Kreml saytida keltirilgan.
XXR, Rossiya, Buyuk Britaniya, AQSh va Fransiya hech qachon yadroviy urushga yo‘l qo‘ymaslik kerak, deb hisoblaydi, bu urushda g‘oliblar bo‘lmaydi. Ushbu qurol agressiyani tiyib turish uchun xizmat qilishi kerak. Kelgusida uning tarqalishining oldini olish shart.
Yadroviy «beshlik» yetakchilari harbiy qarama-qarshilik kelib chiqmasligi uchun kelgusida ham diplomatik yondashuvlar ustida izlanishmoqchi. Bundan tashqari, ular o‘zaro ishonchni mustahkamlab, qurollanish poygasining oldini olishmoqchi.
2021-yilning dekabr oyida yadroviy «beshlik» vakillari kelgusidagi denuklearizatsiya (yadroviy qurolsizlanish)ni qo‘llab-quvatlashlarini bildirishgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter