Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nazarboyev yaqinlashayotgan «ulkan falokat»dan ogohlantirdi

Nazarboyev yaqinlashayotgan «ulkan falokat»dan ogohlantirdi

Ayni damda dunyo yadroviy falokatga har qachongidan ham yaqinroq kelib qolgan, deya ma’lum qildi Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev. Sobiq davlat rahbarining so‘zlarini uning matbuot xizmati keltirmoqda.

«Biz yadroviy falokatga har qachongidan ham yaqinroqmiz. Bunday ahvol meni xavotirga solmoqda, chunki mamlakatimiz yadroviy qurolsizlanish ishiga katta hissa qo‘shgan. Global miqyosda siyosiy irodasiz bu sohada sezilarli muvaffaqiyatga erishish deyarli mumkin emas», — dedi Nazarboyev «Ostona klubi» yig‘ilishida.

Qozog‘istonning sobiq rahbari, shuningdek, 2019-yilda yadro xavfsizligi va yadroviy quroldan xoli dunyo uchun Global liderlar alyansi tuzishni taklif qilganini esladi.

Nazarboyev avvalroq Qozog‘iston hukumatidagi ko‘pchilik uning Qosim-Jo‘mart To‘qayevni o‘z vorisi etib saylash qaroriga salbiy munosabat bildirganini aytgandi.

Bu o‘tish davrida ayrim muxoliflarining o‘zlari mamlakat rahbari lavozimini egallashni xohlashgan, deya ishonadi sobiq rahbar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring