Qaysi mamlakatlar yadroviy halokatdan omon qolishi mumkinligi aytildi
Yangi Zelandiyaning Otago universiteti olimlari yadroviy urush yuz bergan taqdirda voqealarning keyingi rivoji qanday kechishi mumkinligini chamalab ko‘rishdi. Risk Analysis jurnalida e’lon qilingan tadqiqotga ko‘ra, bu urushdan sanoqli mamlakatlar aholisi omon qolishi mumkin.
Tadqiqotchilarning fikricha, omon qolishda qishloq xo‘jaligini saqlab qolish muhim omil sanaladi. Atom bombalarining portlashi oqibatida atmosferaga 150 teragramm (1,5*108 tonna)gacha qurum sochilib, quyoshli kunlar soni keskin qisqaradi. Bir necha yil davomida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilishi 80 foizgacha qisqarib ketishi shimoliy yarimsharda yashovchilar uchun halokatli bo‘ladi.
Yadroviy halokat sharoitida yashab qolish imkoniyati ayrim orol va yarimorollardagina saqlanib qolishi mumkin. Tadqiqotchilarga ko‘ra, bular Avstraliya, Yangi Zelandiya, Islandiya, Vanuatu va Sulaymon orollari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter