Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan «perevod» bo‘yicha hujjat soxta bo‘lib chiqdi
Ijtimoiy tarmoqlarda xorijdan «perevod» qilish haqida soxta hujjat tarqalmoqda.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri matbuot kotibi Mo‘min Ibodov vaziyat yuzasidan izoh berdi.
Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari K.Karimov imzosi tushirilgan xat va undagi ma’lumotlar hech qanday asosga ega emas, yolg‘on, deyiladi matbuot kotibi xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter