Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adliya vazirligi 30 dan oshiq hujjatlar qisqartilganini e’lon qildi

Adliya vazirligi 30 dan oshiq hujjatlar qisqartilganini e’lon qildi

Foto: Xabar. uz

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, talab etiladigan 30 dan ortiq hujjatlar qisqartirildi

Vazirlar Mahkamasining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarining soddalashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2024 yil 13 iyuldagi qaroriga asosan quyidagi yangiliklar joriy etilmoqda:

1) 10 dan ortiq litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olishda talabgorlardan talab etiladigan 30 dan ortiq hujjatlar qisqartirildi.

Endilikda sanitariya-gigiyena, yong‘in xavfsizligi, sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi va shu kabi xulosalar litsenziya va ruxsatnoma olish jarayonida bir vaqtning o‘zida tegishli tashkilotlar tomonidan berilishi yo‘lga qo‘yiladi.

2) 4 ta litsenziya va xabarnomalardan ortiqcha talablar chiqarib tashlandi.

Misol uchun, Boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalashda litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan tartibda bojxona organlariga hisobot taqdim etish talabi;

Kadrlar malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash faoliyati faqat sayyor shaklda amalga oshirilganda mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida binolarning mavjud bo‘lishi haqidagi talab;

Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari hamda boshqa buyumlar ishlab chiqarish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma yuborishda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan beriladigan xulosani talab qilish bekor qilindi.

3) Yo‘lovchi va yuklarni avtomobil transportida tashish uchun litsenziya talabida avtotransportlardan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan mutaxassis sifatida o‘rta-maxsus ma’lumotli shaxslarni ham tayinlash mumkinligi belgilandi.

4) Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirishda muddatlarni ish kunida hisoblash yo‘lga qo‘yildi.

5) 4 ta turdagi litsenziya, ruxsatnoma va xabarnomalar pasportlari tasdiqlandi va tizimlashtirildi. 

Xususan,

Tamaki mahsulotlari bilan ulgurji savdo qilishni boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma pasporti;

Tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma pasporti;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlariga binoan olib chiqiladigan buyumlar va mahsulotlarni eksport qilish uchun ruxsatnoma pasporti;

Maxsus turdagi tovarlarni eksport va import qilish uchun litsenziya pasporti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring