Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga ilk bor ayol kishi rahbarlik qiladi

Kirsti Koventri Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining yangi rahbari etib saylandi. U bir necha karra Olimpiya chempioni va Zimbabve sport vaziri sanaladi.
Koventri yashirin ovoz berishda tashkilot a’zolarining ko‘pchilik ovozini qo‘lga kiritdi va XOQni boshqargan birinchi ayol bo‘ldi. XOQni 2013- yildan beri boshqarib kelayotgan Tomas Bax shu yozda o‘z lavozimini tark etadi.
XOQning yangi prezidenti 2025-yil 24-iyun kuni lavozimiga kirishadi. Kirsti Koventri suzish bo‘yicha ikki karra Olimpiada chempioni, jahon chempionatlarining ko‘p karra g‘olibi va medal sovrindori, ko‘plab jahon rekordchisi. 2013-yildan buyon XOQ va Zimbabve Olimpiya qo‘mitasi a’zosi. 2018-yildan beri u Zimbabve sport, dam olish, san’at va madaniyat vaziri lavozimida ishlab kelgan.
Koventridan tashqari, XOQ prezidenti lavozimiga quyidagilar ham ko‘rsatilgan: Xalqaro velosport rahbari Devid Lapartian; XOQning amaldagi vitse-prezidenti Xuan Antonio Samaranch; Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assosiatsiyasi (IAAF) prezidenti Sebastyan Koye; Iordaniya shahzodasi Faysal al-Husayn; Xalqaro gimnastika federatsiyasi prezidenti Morinari Vatanabe; Xalqaro chang‘i va snoubord federatsiyasini boshqaradigan multimillioner Yoxan Elias.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter