Rossiyalik va belaruslik sportchilar nega xalqaro musobaqalardan chetlatildi?
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) rahbari Tomas Bax rossiyalik va belaruslik sportchilar nega rasmiy musobaqalardan chetlatilganini izohladi.
Lozanna (Shveysariya)da tashilotning 139-sessiyasi o‘tkazildi.
«Nega ushbu vaziyatga dunyodagi ko‘plab boshqa harbiy nizolarga qaraganda boshqacha yondashdik? Bunga ikkita javob bor. Birinchidan, Ukrainadagi vaziyat Olimpiya sulhini qo‘pol buzish sanaladi.
Ikkinchidan, Ukrainadagi vaziyat jahon tarixida burilish yasashga qodir keng qamrovli siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarga ega», — dedi Tomas Bax.
Eslatib o‘tamiz, XOQ fevral oyi oxirida xalqaro sport federatsiyalariga murojaatida rossiyalik va belaruslik sportchilarni musobaqalarga qo‘ymaslikni tavsiya qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter