Xalq banki ishga qabul qiladi
O‘zbekiston Respublikasi Aksiyadorlik-tijorat Xalq banki malakali mutaxassislar tanlovini e’lon qildi.
Yo‘nalish
- Bank biznes-jarayonlarini optimallashtirish bo‘yicha xodimlar.
Vakansiyaning ta’rifi
- O‘z sa’y-harakatlarini barcha sohalarda samaradorlik va barqarorlikni oshirishga yo‘naltiradi;
- Amalga oshirilayotgan biznes-jarayonlarning samaradorligini tahlil qiladi va baholaydi;
- Barqaror, takrorlanuvchi va hisobga oid jarayonlarni rivojlantiradi va yaxshilaydi;
- Tashkilot ichida ham, tashqarisida ham eng samarali amaliyotlarni tadqiq qiladi, ularning samaradorligini baholaydi;
- Doimiy ravishda takomillashtirishning turli vositalari va usullaridan foydalangan holda yangi biznes-jarayonlarni rivojlantiradi va optimallashtiradi;
- Ta’sirchan amaliy qarorlarni qabul qilishga yo‘naltirilgan ishbilarmonlik munosabatlari va taomillarini amaliyotga joriy etish uchun ma’lumotlarni to‘playdi, tahlil qiladi va ularga ishlov beradi. Ushbu qarorlar murakkabliklarni kamaytirishga, mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilashga ko‘maklashadi, samaradorlikni oshirishga yoki tannarxni kamaytirishga xizmat qiladi;
- Qarorlarni amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etish uchun ishchi guruhlar/jamoalar bilan birga ishlarni tashkil qiladi;
- Biznes-jarayonlarni opimallashtirish bo‘yicha vositalarni tushuntirish va ularni amaliyotga joriy qilish uchun jamoa/murabbiylarni to‘playdi.
Asosiy funksiyalar
- Biznes-jarayonlarni birgalikda loyihalashtirish orqali ularni boshqarish, rivojlantirish, optimallashtirish va yashovchanligini ta’minlash;
- Biznes jarayonlarni loyihalashtirish va yaxshilash jarayonida yuqori bo‘g‘in rahbarlari va ushbu sohalardagi mutaxassislar bilan yaqin hamkorlikda ish olib borish;
- Asosiy manfaatdor tomonlar bilan birgalikda biznes-jarayonlarni joriy qilish, metrikasi, nazorati va uslubiy ta’minotini amalga oshirishda ishtirok etish;
- Biznes-jarayonlarning joriy nazorati va boshqaruvini ta’minlash bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish;
- Natijalarni umumlashtirish va ular haqida xabar berish, biznes-jarayon yetakchilariga va ish yuzasidan tavsiyalar berish;
- Butun tashkilot xodimlari o‘rtasida o‘zini o‘zi takomillashtirish tushunchasini joriy etish;
- Ishbilarmonlik sheriklari va soha muxatassislari bilan hamkorlikda masalalarni hal qilish va yangi imkoniyatlarni izlab topish jarayonlarini yaxshilash va samaradorligini oshirish jarayonlarini boshqarish;
- Biznes-jarayonlarini nazorat qilish va optimallashtirilishini loyihalashtirish jarayonida ishchi modellashtirish, o‘qitish va treninglar vositasida boshqa xodimlarni qayta o‘qitish jarayonini tashkil qilish va yaxshilash;
- Loyihaviy tadqiqotlar tajribasi va natijalariga tayangan holda jamoat tomonidan jarayonlarni optimallashtirishda foydalaniladigan vosita va uslubiyotlar kompleksini joriy etishga ko‘maklashish;
- Korxonada optimallashtirish jarayonida malakali mutaxassislarning o‘zaro hamkorligida faol ko‘maklashish.
Asosiy talablar
Bilim va tajriba:
- Tegishli ish sohasi bo‘yicha bakalavr darajasi talab qilinadi, ilmiy daraja bo‘lishi ma’qullanadi;
- Texnologik jarayonlarni loyihalashtirish, ishlab chiqish va joriy etish borasidagi ish tajribasi;
- Jarayonlarni optimallashtirish va vositalar bo‘yicha bilim va tajriba (masalan, Lean, Six Sigmayoki Kaizen).
Ma’qullanadigan ko‘nikmalar:
- Yangi jarayonlar/taomillar joriy etilishini samarali osonlashtirish layoqati, jarayonlarni ma’qullash va joriy qilishga ta’sir ko‘rsatish ko‘nikmalari mavjudligi;
- Ma’lumotlarni to‘plash/tahlil qilish, jarayonlar xaritasini tuzish, gep-tahlillarni bajarish va qarorlari ishlab chiqish muammolarini tahlil qilish va hal qilish layoqati;
- Loyihalarni boshqarish, ma’lumotlarni to‘plash, rejalarni tizimlashtirish, tavsiyalarni ifodalash va qarorlarni joriy qilish layoqati;
- Intellektual qiziquvchanlikni namoyish qiladi;
- Og‘zaki va yozma muloqot/taqdimotlar bo‘yicha a’lo ko‘nikmalar;
- Yirik tashkilotda muvaffaqiyatli hamkorlik va navigatsiya bo‘yicha ko‘nikmalar mavjudligi;
- Yaqqol ifodalangan tashkilotchilik ko‘nikmalari va o‘zgarishlarga moslashishga oid ma’lumotlar;
- Yuqori darajali firmalarda boshqaruv masalalarida maslahatlashish tajribasi ma’qullanadi.
Lavozim
- Xodimning salohiyatidan kelib chiqqan holda (Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, Bo‘lim boshlig‘i, Bosh mutaxassis).
Ish haqi
- Kelishuvga ko‘ra (suhbatlashish natijalari asosida).
Kontaktlar
- [email protected]
- (78) 120-17-34
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter