Qo‘qonda bank mansabdorlariga nisbatan «ish» ochildi

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, AT «Xalq banki» Qo‘qon universal bank xizmatlari markazi mansabdor shaxslari va boshqalar oldindan til biriktirib, bir guruh bo‘lib, kompyuter texnika vositalaridan foydalanib, budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Xususan, markazning mansabdor shaxslari hamda boshqalar oldindan til biriktirib, bank dasturiy ta’minoti «IABS»dagi markazning ikki nafar xodimiga biriktirilgan login va parol orqali 68 nafar fuqarolarning xabarisiz va ishtirokisiz ularning nomiga bank kartalarini ochib, bank kartalarida harakatsiz turgan 104 mln so‘m moddiy yordam va nafaqa pullarini bankomatlar orqali naqdlashtirilib, o‘zlashtirib yuborilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter