«Xabar.uz»dagi maqoladan so‘ng holat o‘rganildi, choralar ko‘rildi
Bir hafta ilgari saytimizda «Yo‘lmi yoki xirmon?» sarlavhali maqola chop etilib, unda Xonqa tumanidagi ayrim avtomobil yo‘llari mahalliy sholikorlar tomonidan xirmonga aylantirilgani, bu hol yo‘l harakati xavfsizligiga jiddiy muammo tug‘dirayotgani tanqidiy ohangda qalamga olingan edi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, maqolada qayd etilgan holatlar viloyat IIB YXHB mutasaddilari bilan joyiga chiqib o‘rganildi. Haqiqatdan ham xonqalik fermerga tegishli 15 tonna sholi katta yo‘lga yotqizilishi natijasida avtomobillar harakatiga noqulaylik tug‘dirgan.
Fermerga mutasaddilar tomonidan tushuntirish berildi va 4R 170 «Xonqa – Al Xorazmiy-Bog‘ot» avtomobil yo‘li tozalanib, tartibga keltirildi. Bu bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘l transport xodisalari va ayrim noxushliklarning oldi olindi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter