Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jinoyat kodeksiga 6 ta yangi modda qo‘shilishi kutilyapti

Jinoyat kodeksiga 6 ta yangi modda qo‘shilishi kutilyapti

Foto: Xabar.uz

«Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va Ma’mariy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi ishlab chiqilgan.

Unga ko‘ra, Jinoyat kodeksiga 6 ta yangi modda hamda 3 ta moddaga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish ko‘zda tutilgan. Yangi moddalar quyidagilar:

  • 2271-modda. Avtomototransport vositalarining identifikatsiya raqamlarini qalbakilashtirish. 3 qismdan iborat bo‘lib, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi.
  • 2282-modda. Haydovchilarni tayyorlash (qayta tayyorlash), malakasini oshirish, imtihonlarni o‘tkazish va haydovchilik guvohnomasini berish tartibini buzish. 4 qismdan iborat bo‘lib, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi.
  • 2283-modda. Traktorchi-mashinist haydovchilarini tayyorlash (qayta tayyorlash), malakasini oshirish, imtihonlarni o‘tkazish va haydovchilik guvohnomasini berish tartibini buzish. 4 qismdan iborat bo‘lib, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi.
  • 2611-modda. Transport vositasini boshqarish takroran mast holda boshqarish (ma’muriy jazo qo‘llangandan so‘ng). 3 qismdan iborat bo‘lib, 1-5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi.
  • 2611-modda. Transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum bo‘lgan shaxs tomonidan transport vositasini boshqarish (ma’muriy jazo qo‘llangandan so‘ng). 1 qismdan iborat bo‘lib, 3-5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi.
  • 2621-modda. Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizlik qoidalarini buzish (hayot va sog‘liqqa zarar yetganda). 2 qismdan iborat bo‘lib, 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi.

Quyidagi 3 ta moddaga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilishi mumkin:

  • 261-modda. Mastlik holatidagi shaxsning transport vositasini boshqarishiga yo‘l qo‘yish yoki uni boshqarishni topshirish (hayot va sog‘liqqa zarar yetganda). 3 qismdan iborat bo‘lib, 1-5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi (amalda 1 qism va 3 yilgacha).
  • 266-modda. Transport vositalari harakati va ulardan foydalanish qoidalarini buzish. 1-qismiga muayyan huquqdan mahrum qilish va 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi (amalda mavjud emas).
  • 269-modda. Avtomobil yo‘llaridan foydalanish va ularni qo‘riqlash qoidalarini buzish. Yo‘llarni ta’mirlash va saqlash qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda (amalda mavjud emas).

Barcha qo‘shimcha va o‘zgartishlarda Rossiya, Belarus va Qozog‘iston tajribasi o‘rganilgani aytilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring