Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vodiyda yer qimirladi

Vodiyda yer qimirladi

Bugun, 16-iyul kuni Toshkent vaqti bilan 13:45 da (16.07.2020-yil, Grinvich bo‘yicha 08:45 da) Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Zilzila koordinatalari: 39,23 gradus shimoliy kenglik; 71,73 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,2. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa janubi-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha — 311 km. 

Zilzila O‘zbekistonda asosan vodiy hududida sezilgan:

  • Namangan: 197 km, 2 ball.
  • Andijon: 180 km, 2 ball.
  • Farg‘ona: 128 km, 2 ball.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring