Vazirlar Mahkamasida bir qator yangi tayinlovlar
Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirilgan.
Xususan, Sarvar Ashurov Vazirlar Mahkamasining Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati mudiri etib tayinlangan. U bungacha Vazirlar Mahkamasi Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati mudiri lavozimida ishlayotgandi.
Shuningdek, Nodir Do‘smatov Vazirlar Mahkamasining Oila va xotin-qizlar masalalari kotibiyati mudiri etib tayinlangan. U shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘limi mudiri lavozimidan ozod qilingan.
Nodir Qosimov esa Vazirlar Mahkamasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘limining mudiri etib tayinlangan. U Vazirlar Mahkamasining Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyatining Jamoat tashkilotlari faoliyati masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter