Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazir Hilola Umarovaga ikki nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi

Vazir Hilola Umarovaga ikki nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi

Joriy yil 2 fevral kuni Rajabov Sardor Baxtiyorovich hamda Boqiyev Farhod Esanovich Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Sardor Rajabov tayinlovga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining, Ta’lim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi. Vazirlikdagi faoliyatini boshlashdan avval esa sobiq Davlat test markazi direktorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Farhod Boqiyev esa tayinlovga qadar Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Undan avval esa AOKAning Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan, 2020 yilning 17 yanvarida Senat a’zoligiga saylangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring