Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chikagodagi otishmalarning mitti «nishon»lari

Chikagodagi otishmalarning mitti «nishon»lari

Foto: «Youtube.com»

Amerikaning Chikago shahri (Illinoys shtati) g‘arbidagi otishma natijasida yetti yoshli qizcha halok bo‘ldi, deya xabar berdi «NBC Chicago» telekanali.

Politsiyaning ma’lum qilishicha, hodisa shanba kuni kechasi sodir bo‘lgan. Noma’lum kimsalar o‘t ochganda qizcha oilaning boshqa a’zolari qatori ko‘chada o‘ynab yurgan. O‘q tegib yaralangan qizchani tezda shifoxonaga olib borishgan. Tibbiyot xodimlari uning hayotini saqlab qolishga har qancha urinishmasin, yosh bola jon taslim qilgan.

Voqea natijasida yana 32 yoshli yigit ham jarohatlangan. Uning ahvoli yaxshi, deyilmoqda. Hozirda politsiya tergov harakatlarini boshlab yuborgan.

«NBC Chicago»ning ta’kidlashicha, bir hafta oldin Chikagoda otishma natijasida bir yoshli go‘dak hayotdan ko‘z yumgandi. Avvalroq, 20-iyun kuni uch yoshli bolakay ham o‘qdan yaralanib vafot etgandi.

Chikago politsiyasi vakili Fred Uoller jurnalistlar bilan suhbatda aholini zo‘ravonlikka chek qo‘yishga chaqirdi. Chunki yosh bolalar qurbon bo‘lmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring