Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Politsiyaga 4250 marta qo‘ng‘iroq qilgan yaponiyalik hibsga olindi

Politsiyaga 4250 marta qo‘ng‘iroq qilgan yaponiyalik hibsga olindi

Foto: Pixabay

Yaponiyaning Abigo shahrida yashovchi Yuki Simidzu qo‘shnilari ustidan shikoyat qilib, politsiyani bir necha ming marta bezovta qilgani uchun hibsga olindi, deb xabar berdi Japan Today.

46 yoshli bu erkak pastki qavatda yashovchilarni shovqin solib jamoat tartibini buzishda ayblab kelgan.

Ma’lum bo‘lishicha, shu tariqa u bir yil davomida favqulodda xizmatlarga 4250 marta yolg‘on qo‘ng‘iroqni amalga oshirgan.

Chaqiruv bo‘yicha yetib kelgan politsiyachilar hech qanday shovqinni qayd etishmagan. Ta’kidlanishicha, u 14-fevral kechki soat beshdan to‘qqizga qadar 14 marta politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan. Bu paytda shu yerda navbatchilik qilgan politsiya xodimlari hech qanday shovqinni eshitishmagan.

«Qo‘shnilaridan norozi erkak» huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishiga xalaqit berishga uringanlikda ayblanib, politsiya mahkamasiga olib ketildi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring