Norvegiyada 20 yilda birinchi marta politsiyachi otishmada halok bo‘ldi
Norvegiyada otishma oqibatida politsiya xodimi halok bo‘ldi. Mahalliy OAV yozishicha, bunday fojia mamlakatda so‘nggi 20 yilda birinchi marta yuz berdi.
«Tunda yuz bergan otishma juda yomon tugadi. Ikki kishi halok bo‘ldi, politsiyachilar qadrli hamkasbini yo‘qotishdi», — dedi politsiya komissari Mari Benedikt Byornland.
Ma’lumotga ko‘ra, otishma sababchisi ham voqea joyida halok bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter