Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

NATOning sobiq bosh kotibi Norvegiya moliya vaziri etib tayinlanadi — NRK

NATOning sobiq bosh kotibi Norvegiya moliya vaziri etib tayinlanadi — NRK

Foto: RIA Novosti

NATO sobiq bosh kotibi hamda Norvegiya sobiq bosh vaziri Yens Stoltenberg ushbu mamlakat moliya vaziri etib tayinlanadi. Bu haqda NRK telekanali o‘z manbasiga asoslanib xabar berdi.

Ayni paytda Stoltenberg 2002–2014-yillarda boshqargan Norvegiya ishchilar partiyasi og‘ir inqirozni boshdan o‘tkazmoqda. O‘tgan hafta sotsial-demokratlar va markazchilar koalitsiya hukumati ittifoqchilarning energetika siyosati va Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashish rejalariga ko‘nmagan Markaz partiyasi pozitsiyasi tufayli parchalanib ketdi. Vazirlar mahkamasini 20 nafar vazir, jumladan, moliya vaziri (Markaz partiyasi rahbari) Tryugve Vedum tark etdi.

Stoltenbergning eski safdoshi, mamlakat bosh vaziri Yonas Gar Styore Vazirlar mahkamasi yangi tarkibini bugun, 4 fevralda e’lon qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring