Qozog‘istondagi YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, olti nafari jarohatlandi
2019-yil 2-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:20da Mang‘istau viloyati hududidagi Tajen–Beyneu avtomobil trassasida O‘zbekiston fuqarosi J.J. boshqaruvi ostidagi avtomobil halokatga uchradi. Yo‘l-transport hodisasi natijasida O‘zbekiston fuqarosi Sh.X. vafot etdi.
Mamlakatimizning Aqtau shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, haydovchi va boshqa 5 nafar vatandoshimiz yengil jarohatlar olgan va davolanishga muhtoj emas.
Beyneu tumani Ishki ishlar bo‘linmasi yo‘l-transport hodisasi yuzasidan tergov ishlarini olib bormoqda.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va Qozog‘istonning tegishli idoralari bilan tezkor aloqa o‘rnatgan.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning qarindoshlari va do‘stlariga ta’ziya izhor etadi va Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, Mang‘istau va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Aqtau shahridagi Bosh konsulligiga +7-29-277-71-17 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter