«Uzbekistan Airways» Umra vizasiga ega yo‘lovchilarni tashishni vaqtincha to‘xtatdi

«Haj 2025» dasturi boshlanganligi munosabati bilan, 2025-yil 14-apreldan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent – Jidda – Toshkent yo‘nalishidagi reyslarda Umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatadi.
2025-yil 14-apreldan boshlab aviakompaniya reyslari orqali Saudiya Arabistoniga borayotgan barcha yo‘lovchilar Toshkentga qaytish chiptasiga ega bo‘lishi va 2025-yil 30-aprelgacha mamlakat hududini tark etishi shart. Agar 30-apreldan keyin Saudiya Arabistonida qolgan yo‘lovchilar aniqlansa, jarimalar uchun javobgarlik agent yoki yo‘lovchining zimmasiga yuklanadi.
Shu tariqa Saudiya Arabistoni Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi qaroriga muvofiq Toshkent – Jidda – Toshkent reyslari joriy yil 30-apreldan boshlab bekor qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter