Ukrainadagi harbiy holat muddati tugadi

«RIA Novosti» tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Ukrainadagi harbiy holat poyoniga yetdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Pyotr Poroshenko milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining kecha, 26-dekabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida rasman bayonot bergan: «E’lon qilingan harbiy holat muddati bugun soat 14.00 da nihoyasiga yetadi va u uzaytirilmaydi. Bu mening qat’iy qarorim!».
Mamlakatning o‘nta hududida harbiy holat e’lon qilish to‘g‘risidagi qaror roppa-rosa ikki oy avval — Ukraina harbiy-dengiz kemalari Kerch bo‘g‘ozida Rossiya tomonidan qo‘lgan olinganidan so‘ng qabul qilingan edi. Buning ortidan undagi 24 nafar ukrainalik harbiy-dengizchi hibsga olingan, ularga «davlat chegarasini buzish» ayblovi qo‘yilmoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi shundog‘am tarang munosabatlarni battar kuchaytirgan ushbu holatni Ukraina tomoni «xalqaro-huquqiy normalarni qo‘pol ravishda buzish» demoqda, Rossiya esa «bu Kiyevning navbatdagi fitnasi», deya oyoq tirab turibdi.
Berk ko‘chaga kirib qolgan munosabatlarga yorug‘ tuynuk hozircha ko‘rinmayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter