Putin Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar taklif etdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kiyev bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni boshlashni taklif qildi.
Bu haqda Rossiya prezidenti 11-may kuni kechqurun Kremlda g‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlardan so‘ng bo‘lib o‘tgan jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Biz muzokaralarni kechiktirmasdan – kelasi payshanba, 15 may kuni Istanbulda boshlashni taklif qilamiz”, — dedi Putin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, taklif “hech qanday dastlabki shartlarsiz” o‘t ochishni to‘xtatishga taalluqlidir. Shuningdek, u 11 may kuni yoki kechqurun Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan muzokaralar tashkil etish masalasini muhokama qilishni rejalashtirayotganini aytdi.
“Biz ushbu muzokaralar davomida yangi o‘t ochishni to‘xtatish va haqiqiy sulh haqida kelishib olish mumkinligini istisno qilmaymiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Ayni paytda, bir kun avval Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida Fransiya, Germaniya, Polsha va Buyuk Britaniya rahbarlarining Kiyevdagi xalqaro uchrashuv yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonotini e’lon qildi.
Tomonlar “diplomatiya uchun joy yaratish” uchun 12 may, dushanbadan boshlab kamida 30 kun davomida to‘liq va shartsiz o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi. Taklif etilayotgan sulh keng qamrovli bo‘lishi kerak - quruqlikda, havoda va dengizda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter